Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimi: 10 dan ortiq qozon osib kimo‘zarga to‘y qilayotganlar o‘rtasida targ‘ibotni kuchaytirish lozim
Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Murodjon Azimov viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida aholiga qilgan murojaatida vohada o‘tkazilayotgan dabdabali to‘ylarga ham to‘xtaldi.
Uning aytishicha, joriy yil oktyabrda viloyatdagi 652 ming 733 ta xonadonda istiqomat qiladigan 3 million 285 ming 291 nafar aholi o‘rtasida tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida – katta yoshdagi aholining 28,3 foizida ortiqcha vazn, 14,2 foizida semizlik, 42,3 foizida meva-sabzavotni kam iste’mol qilish, 57 foizida yog‘li ovqatni xush ko‘rishi, 42 foizi jismoniy nofaol ekani aniqlangan
Viloyatda aholi tomonidan betartib ovqatlanish, go‘sht mahsulotlarini me’yoridan ko‘p iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqishiga omil bo‘lib qolmoqda.
«Qashqadaryo viloyatida 10 dan ortiq qozon osib 40-50 mln so‘m pul sarflab, bazm uyushtirayotgan, kimo‘zarga to‘y qilayotganlar o‘rtasida targ‘ibotni kuchaytirish lozim, deb o‘ylayman.
Bir kunlik to‘y uchun sarf etiladigan 40-50 million so‘m mablag‘ga qancha kitob sotib olsa bo‘ladi, qancha ehtiyojmand uchun xayr-saxovat ko‘rsatsa bo‘ladi. Shu qishloq uchun kutubxona yoki o‘quv markazi barpo etsa bo‘ladi.
Bu kabi me’yoridan ortiq ovqatlanish, birinchidan, salomatlik uchun xavfli, qolaversa, yillar davomida og‘ir mehnat orqali topilgan mablag‘ni maqsadli sarflash haqida ham o‘ylashimiz kerak», dedi Murodjon Azimov o‘z murojaatida.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
11:02 / 15.12.2024