Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Si Tszinpinni “qotil” deb atadi va undan 60 trln dollar talab qildi
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Fox telekanali efirida Oq uy yetakchisi bo‘lganda Xitoy raisi Si Tszinpin bilan o‘rnatgan munosabatlariga yuqori baho berdi.
Biroq Tramp Xitoy raisi bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatganiga qaramay, jurnalist Mariya Bartiromoning so‘zlariga qo‘shilishini aytib, Si Tszinpinni “qotil” deb hisoblashini ta’kidlab o‘tgan.
“Men ishonamanki, u menga yoqqanidek, men ham unga yoqqanman. Ha, u qotil, biroq u bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Biroq koronavirus kelgandan keyin bu umuman boshqa voqeaga aylandi”, deb ta’kidlab o‘tgan Fox Sunday Morning Futures ko‘rsatuvida sobiq prezident. Uning aytishicha, koronavirus Xitoy yetakchisi bilan o‘zaro munosabatlarida “burilish oni” bo‘lgan.
Siyosatchi, shuningdek, Xitoy pandemiya sababli yetkazilgan zarar uchun 60 trln dollar to‘lashi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Pandemiya boshlangungacha Tramp va Si Tszinpin turli xalqaro tadbirlarda muntazam yuzma-yuz uchrashib turgan. Biroq 2019 yilda Tramp xitoylik hamkasbi G20 sammitida ishtirok etmasa, Xitoyga qarshi yangi bojlar kiritishi bilan po‘pisa qilgan. Sammitga kelgan Si Tszinpin AQSh va Xitoy hamkorlikdan faqatgina yutishini, biroq “til topisha olmasa” yutqazishini aytgan.
Mavzuga oid
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
07:21 / 22.03.2022
Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpinga hamdardlik yo‘lladi
19:04 / 17.03.2022