Jahon | 21:42 / 20.12.2021
8713
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada lira qadrsizlanishi bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etildi

Turkiya valutasi o‘tgan haftada mamlakat markaziy banki foiz stavkasini 14 foizga tushirganidan so‘ng qadrsizlana boshladi.

Foto: AP

Turkiya lirasi 20 dekabr kuni navbatdagi tarixiy minimumni yangiladi. Turk valutasi 10 foizga qadrsizlandi va bir dollar qiymati 18 liraga yetdi. 

Yil davomida lira 50 foizga arzonlashdi.

Turkiya valutasi o‘tgan haftada mamlakat markaziy banki foiz stavkasini 14 foizga tushirganidan so‘ng qadrsizlana boshladi.

Valuta qadri tushgani sababli Istanbul birjasi o‘z ishini bir necha marta to‘xtatdi.

17 dekabrda turk lirasi dollarga nisbatan 9 foizga, ya’ni bir dollarga 17,14 liragacha qadrsizlangandi.  

2 dekabrda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an moliya vaziri Lutfiy Alvonni iste’foga chiqargandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid