O‘zbekiston | 11:23 / 20.12.2021
15397
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng Namangan ko‘chalarini suv bosdi

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahri ko‘chalarini suv bosgani aks etgan videolar tarqaldi. Bu videolarda «Lola» bozori va Namangan davlat universiteti atrofidagi ko‘chalarni suv bosganini ko‘rish mumkin.

18 dekabr kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelgandi. 

Gidrometeorologiya xizmati markazi meteorologi Erkin Abdulahatovning yozishicha, 19 dekabr kuni kechasi va 20 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) kuzatilgan. Ayrim kuzatuv hududlarida 20 millimetrgacha yog‘in yog‘ib qo‘ygan.

«20 dekabrga o‘tar kechasi esa nam havo oqimlari sharqqa tomon siljib, Namangan viloyatiga yaxshigina yog‘ingarchilik keltirgan.

Masalan, Namangan shahrida 10 millimetr oraliqda yog‘ib o‘tgan yomg‘ir shaharning ayrim ko‘chalarida suv bosish holatlarini keltirib chiqargan», deya yozadi u.

Mavzuga oid