Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherobodda mashinaning suyagini sindiradigan yo‘lchuqur tuzatildi
Kun.uz saytida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidan o‘tuvchi 4R-103 avtomobil yo‘lidagi nosozliklar haqida tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Surxondaryo yo‘lsozlari bu muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkorlik bilan amaliy choralar ko‘rgani ma’lum qilindi.
“Mazkur avtomobil yo‘lining lavhada qayd qilingan qismida harakat xavfsizligini va uzluksizligini ta’minlash choralari ko‘rildi hamda videolavhada ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etildi”, – deyiladi Surxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.
Shu o‘rinda ta’kidlashni istardikki, nafaqat Surxondaryo, balki barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston respublikasi avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmalari o‘zlariga tegishli yo‘llardagi nosozliklar bo‘yicha tanqidiy lavhani kutmasdanoq, yo‘llardagi harakat xavfsizligiga bevosita raxna soladigan nosozliklarni ta’mirlash, joriy ta’mirlash choralarini ko‘rishsa, o‘z vazifalarini sidqidildan ado qilishgan bo‘lar edi.
Mavzuga oid
20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
16:19 / 24.12.2024
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
16:18 / 28.01.2024
Surxondaryoda ikki kishiga bo‘rilar hujum qilgani haqidagi xabarlar rad etildi
11:37 / 24.01.2024