O‘zbekiston | 19:37 / 22.12.2021
3166
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchi qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Samarqand shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchi planshet orqali tekshirilganda qidiruvda ekani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 22 dekabr kuni Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi qismida “Spark” rusumli mashina qoidalarni buzgani uchun to‘xtatilgan.

YHXB xodimi haydovchiga nisbatan sodir etgan qoidabuzarlikka planshet orqali ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish davomida, haydovchi, 1987-yilda tug‘ilgan T.A. Jinoyat kodeksining tegishli moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qidiruvdagi shaxs hududiy IIBga topshirilgan.

Mavzuga oid