Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda o‘quvchilardan insho yozib, prezidentga yo‘llashni so‘radi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahridagi 20-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabiga bordi.
Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, prezident o‘quvchilar bilan muloqot qildi. Davlat rahbari bolalardan kelajakda kim bo‘lishi haqida insho yozib, prezidentga yo‘llashini so‘radi.
“Sizlar bilan uchrashganim tarixda qoladi. Sizlarning har biringiz menga, iloji bo‘lsa, o‘zbek tilida yaxshi bir insho yozib, ertangi kunda men kim bo‘laman, oliygohga kirishga harakat qilaman, men prezidentga va’da berdim deb shu inshoni menga berib yuborsangiz men insho orqali chuqurroq tanishar edim.
O‘zim sizlarga insholaringiz orqali o‘z niyatlarimni yozib yuboraman. Mana shunda biz bir-birimiz bilan do‘st bo‘lib, sizlarning voyaga, kamolga yetguningizcha men sizlarga alohida e’tibor qaratishga va’da beraman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
21:24 / 19.02.2025
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda saqlanayotgan 2 nafar mahkum vafot etdi
17:28 / 18.02.2025
Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi
17:27 / 12.02.2025