Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yerusti jamoat transporti yangi yo‘nalish tarmog‘i 4ta bosqichda joriy etiladi
Toshkent shahri yerusti yo‘lovchilar transportining yangi yo‘nalish tarmog‘i 2022-2025 yillarda joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri yerusti jamoat transportining yangi yo‘nalish tarmog‘ini 4 ta bosqichda joriy etish rejalashtirilgan.
1-bosqichda 2 ta magistral yo‘nalish, 5 ta halqa yo‘nalish, 30 ta bog‘lovchi yo‘nalish va 8 ta yetkazib beruvchi yo‘nalish tashkil etiladi.
2-bosqichda 4 ta magistral yo‘nalish, 4 ta halqa yo‘nalish,26 ta bog‘lovchi yo‘nalish va 13 ta yetkazib beruvchi yo‘nalish tashkil etiladi.
3-bosqichda 4 ta magistral yo‘nalish, 3 ta halqa yo‘nalish, 21 ta bog‘lovchi yo‘nalish va 15 ta yetkazib beruvchi yo‘nalish tashkil etiladi.
4-bosqichda 1 ta magistral yo‘nalish, 2 ta halqa yo‘nalish, 15 ta bog‘lovchi yo‘nalish va 6 ta yetkazib beruvchi yo‘nalish tashkil etiladi.
Loyihaning jami qiymati 4 335 mln so‘mga teng.
Shuningdek, shahar yo‘lovchilar transporti harakat tarkibini 2022-2025 yillarda yangi zamonaviy “yashil” avtobuslarni xarid qilish yo‘li bilan yangilash mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025