Jahon | 19:15 / 22.12.2021
1838
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada koronavirusga qarshi mahalliy vaksinani qo‘llashga ruxsat berildi

Foto: AP

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina Turkovac’ni favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Fahritdin Xo‘ja ma’lum qildi.

Xo‘janing ta’kidlashicha, ruxsatnoma Turkiyaning dori vositalari va tibbiy uskunalar bo‘yicha agentligi tomonidan berilgan. Inaktivatsiyalangan vaksinaning ommaviy ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

“Turkiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan dunyodagi 9-davlatga aylandi. Turkovac keyingi haftadan faol qo‘llana boshlanadi”, deb qo‘shimcha qilgan turk vaziri.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mahalliy vaksinaning ishlab chiqarilishi jarayoni boshlanishi marosimida uning mualliflarini ushbu yutuq bilan tabriklagan va Turkiya butun dunyo bilan ushbu vaksinani bo‘lishishini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid