O‘zbekiston | 20:16 / 23.12.2021
47456
2 daqiqa o‘qiladi

Chust tumani hokimi uloq paytida otdan yiqilgani aytilmoqda

Chust tumani hokimi Bekzod Hamdamov uloq vaqtida otdan yiqilib, jiddiy jarohat olgan va hozirda shifoxonada davolanmoqda.

Foto: Videodan kadr

Namangan viloyati Chust tumani hokimi Bekzod Hamdamov Davlatoboddagi “Otchopar”da uloq chopish vaqtida otdan yiqilgan. Bu ma’lumotni Kun.uz’ning bir biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.

Sayt ixtiyoriga ushbu holat aks etgan video ham kelib tushgan.

Uloq shu yil 12 dekabrda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgandi.

Bekzod Hamdamovning otdan yiqilishi viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etgan aynan o‘sha uloqda bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Chust tumani hokimligi
Foto: Chust tumani hokimligi

Manbaning ta’kidlashicha, tuman hokimi jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan.

Qayd etish kerakki, Bekzod Hamdamov 12 dekabrdan keyin jamoat joyida ko‘rinish bermagan, 17 dekabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Jamshidbek Bahodirovning 2021 yil yakunlari va 2022 yilgi rejalar bo‘yicha murojaati tinglangan.

Mavzuga oid