Jahon | 23:50 / 23.12.2021
3483
1 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa omikron shtammi sababli 33 mingta reysni bekor qiladi

Foto: Sean Gallup / Getty Images

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi bosh direktori Karsten Shpor Frankfurter Allgemeine Zeitung nashriga bergan intervyusida Yevropa va AQShda koronavirusning omikron shtammi tarqalayotgani sababli joriy qishda 33 mingtaga yaqin reysni bekor qilishga to‘g‘ri kelishini aytdi.

“Yanvar o‘rtasidan fevralgacha chiptalar bronlanishiga talab keskin kamayganini ko‘rmoqdamiz. Shu sababli qishki reyslar jadvalida 33 mingta yoki jami reyslarning 10 foizga yaqinini qisqartirishimiz kerak”, deb aytgan Shpor.

Kompaniya rahbari Lufthansa talab pastligi sababli aslida ko‘proq reysni bekor qilishi kerakligini, biroq aeroportlardagi slotlarga litsenziyani yo‘qotmaslik uchun 18 mingta “keraksiz reys”ni bajarishga majburligini ta’kidlab o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid