Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Termiz» erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi
Prezidentning "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga asosan "Boysun-farm" EIZ hududi Termiz” EIZ hududi tarkibiga qo‘shiladi. "Boysun-farm" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" DUK tugatiladi.
"Boysun-farm" EIZ ishtirokchilari "Boysun-farm" EIZ tugatilgan kundan boshlab "Termiz" EIZ ishtirokchisi hisoblanadi. Bunda, ulardan "Termiz" EIZ ishtirokchilari reyestriga kiritilganlik uchun to‘lov undirilmaydi. "Termiz" EIZ ishtirokchisiga aylangan tadbirkorlik sub’yektlariga qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar va kafolatlar to‘liq qo‘llaniladi.
"Termiz" EIZning hududida, shu jumladan qo‘shib berilgan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish prezidentning PF-5600-son farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin
17:59 / 06.03.2025
“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi
17:19 / 13.02.2025
Termizdagi logistika markazi BMT Global tarmog‘i ombori maqomini oldi
09:09 / 08.01.2025