Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning 22 yillik qamoq jazosi olgan sobiq prezidenti afv etiladi
Janubiy Koreya hukumati korrupsiya uchun 22 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan sobiq prezident Pak Kin Xe afv etilishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Ryonxap” nashri xabar berdi.
69 yoshli sobiq siyosatchi Yangi yil munosabati bilan afv etilishi rejalashtirilayotgan 3 mingdan ko‘proq mahkumlar ro‘yxatiga kiritilgan. Sobiq prezidentni afv etish qarori uning sog‘lig‘i yaxshi emasligini hisobga olgan holda insonparvarlik nuqtayi nazaridan qabul qilingan. 2019 yilda Pak Kin Xening yelkasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, joriy yilda esa u yelka va umurtqadagi og‘riqlar bilan 3 marta shifoxonaga yotqizilgan. U 4 yil 9 oyni panjara ortida o‘tkazgan.
Bundan tashqari, 2006-2007 yillarda mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagan Xan Myon Suk ham ozodlikka chiqariladi. U siyosiy maqsadlar uchun pul mablag‘larini noqonuniy olishda ayblangan.
Shu bilan birga, Janubiy Koreyaning boshqa sobiq prezidenti, poraxo‘rlik va davlat mablag‘larini sarflab yuborganlik uchun 17 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Li Men Bak afv etiladiganlar orasiga kiritilmagan.
Janubiy Koreya prezidenti lavozimini 2013 yil fevralda egallagan Pak Kin Xe hokimiyatni suiiste’mol qilish va poraxo‘rlikdagi ayblovlar uchun 2017 yil martida o‘z lavozimidan chetlatilgandi. Unga nisbatan chiqarilgan hukmga ko‘ra, siyosatchi Janubiy Koreyaning Samsung va Lotte kabi yirik kompaniyalarini o‘z dugonasiga qarashli jamg‘armalarga 77,4 mlrd von xayriya qilishga majburlagan. Sobiq prezident va uning yordamchilari, shuningdek, milliy razvedka xizmatining 3 nafar sobiq rahbaridan 3,5 mlrd von pora olganlikda ayblangan.
Pak Kin Xe dastlab 30 yillik qamoq jazosi va 17 mlrd dollarga yaqin jarimaga tortilgan. Biroq keyinroq sud hukmni yumshatib, qamoq jazosini 20 yilgacha qisqartirgan va siyosatchining 180 mlrd von jarima hamda 35 mlrd von tovon puli to‘lashi kerakligini belgilagan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025