Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda Toshkent metropoliteni Rossiyadan yana 14 ta poyezd sotib oladi
Toshkent metropolitenining kengayishi munosabati bilan yo‘lovchilar soni kundan-kunga ortib, metro bekatlarida «tirbandliklar» kelib chiqmoqda, deb xabar berdi Toshkent metropoliteni ma’muriyati.
Qayd etilishicha, 2020 yilda Toshkent metropolitenining o‘rtacha kunlik yo‘lovchi tashish hajmi 250-300 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 380-420 ming yo‘lovchini tashkil etmoqda.
Muammolarni bartaraf etish maqsadida Toshkent metropoliteni tomonidan o‘tgan davr mobaynida bir qator ishlar amalga oshirildi. «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi tomonidan odamlarning to‘planib qolishi oldini olish va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15 ta harakat tarkibi, jumladan, Rossiyaning «Metrovagonmash» korxonasida ishlab chiqarilgan 60 ta zamonaviy vagonlar yetkazib berildi.
Bundan tashqari, eng tig‘iz vaqtlarda poyezdlar orasidagi intervallar «Chilonzor» yo‘nalishida 3 daqiqani, «O‘zbekiston» yo‘nalishida 4 daqiqani va «Yunusobod» yo‘nalishida 7 daqiqani tashkil etmoqda. Bu muammoni hal etish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, 2022 yilda yana 14 ta harakat tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025