Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Ukrainadan o‘z harbiylarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda
Britaniya Ukrainada vaziyat keskinlashishi holatiga u yerdan o‘z kuchlarini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Daily Express nashri xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, Britaniya qurolli kuchlari qo‘mondonlari favqulodda vaziyatda harakatlanish rejasini tuzib qo‘yishgan.
“Harbiy rahbariyat Birlashgan Qirollikning barcha xodimlari Ukraina hududidan xavfsiz olib chiqilishini kafolatlashi lozim”, deyilgan nashrda.
Britaniyaning Ukrainadagi kuchlarining asosiy qismi Lvov oblastidagi Yavorov shahrida, shtab zobitlaridan iborat qolgan kichik qismi poytaxt Kiyevda joylashtirilgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, Ukrainada vaziyat keskinlashsa, britaniyalik harbiylar Polsha chegarasi tomon yo‘l oladi.
Harbiylarni evakuatsiya qilish haqidagi buyruqni qo‘shma amaliyotlar boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Charli Strikland beradi. Uning qo‘l ostidagilar yaqin orada vaziyat ortidan kuzatuv olib borishni boshlaydi. Strikland kuniga ikki marta vaziyat haqida ma’lumot olib turadi.
Ayni vaqtda Ukrainada 100dan ko‘proq britaniyalik harbiy ukrainalik harbiylarni o‘qitish bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq G‘arb davlatlari ommaviy axborot vositalarida Rossiya 2022 yil boshida Ukrainaga bostirib kirishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Biroq Rossiya buni inkor etmoqda va hech qachon birinchi bo‘lib hujum qilmasligini ta’kidlamoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025