Farahbaxsh, ammo umri qisqa – qorli Toshkentdan fotoreportaj
Butun dunyoga ta’sir qilayotgan iqlim o‘zgarishlari O‘zbekistonda ham o‘z so‘zini aytmoqda. Yurtimizga qish kirib kelganiga bir oy o‘tgan bo‘lsa-da, doimiy ravishda quruq ob-havo kuzatilmoqda. Kuz oxirida kuzatilgan chang bo‘ronlari ham ahvol naqadar yomonlashayotganini ko‘rsatib qo‘ydi.
Mutaxassislar aslida so‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda qish deyarli bo‘lmagani, Markaziy Osiyodagi harorat ko‘p yillik iqlimiy me’yorlardan 2 darajaga isiganini ta’kidlamoqda. Global miqyosdagi harorat ko‘tarilishi davom etmoqda…
Dam olish kuni poytaxt va respublikaning qator hududlarida yog‘gan qor, bu xavotirlarni biroz bo‘lsa-da ortga surdi.
Xususan, Toshkentda ertalab yog‘a boshlagan qor yiriklashib - laylakqorga aylandi va ko‘p o‘tmay butun shaharni oqlik qopladi.
Kun.uz muxbiri hali qorlari erib ulgurmagan Toshkentdan fotoreportaj taqdim qildi.
Daraxtlar va ayrim binolar ustida qor qolgan bo‘lsa-da, bir kun o‘tib yer yuzini qoplagan qorlar erib ulgurgan.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, endi O‘zbekistonda yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin sovuq bo‘ladi.
Suratlar muallifi Farrux Absattarov
Mavzuga oid
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024