Sport | 14:03 / 28.12.2021
49462
2 daqiqa o‘qiladi

Nikolay Shirshov vafot etdi

Shirshov 47 yoshda edi. U milliy jamoa safida 1996-2005 yillarda 63 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol urgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Nikolay Shirshov 47 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Rostov» klubi matbuot xizmati xabar bergan.

«Nikolay Vladimirovich «Rostov» klubida 5 yil davomida 100dan ortiq o‘yinlar o‘tkazdi. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ham Rostovda qolishga qaror qilgan va shu yerda yashayotgan edi.

«Rostov» klubi Nikolay Shirshovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi», deyilgan xabarda.

DonDay.ru sayti marhumning yaqinlariga tayanib xabar berishicha, Nikolay Shirshov qonning quyuqlashishi va tomirlarida tromb hosil bo‘lishi oqibatida vafot etgan. 

Ma’lumot uchun, 1974 yil 22 iyun kuni Toshkentda tug‘ilgan Nikolay Shirshov katta futboldagi faoliyatini 1991 yilda SSSR quyi ligasida «Sverdlovets» klubida (Toshkent viloyati) boshlagan. Keyingi 8 mavsumni O‘zbekiston chempionatida o‘tkazgan va «Paxtakor»ning asosiy tarkibida o‘ynagan.

2000 yildan Rossiya chempionatida to‘p sura boshlagan. 2000—2005 yillarda Premer-Ligada «Rosselmash» / «Rostov» sharafini himoya qilgan. Keyin quyi divizionlarda Rostovning SKA (2006—2007), «Bataysk-2007» (2008—2010), «Taganrog» (2010) klublarida ham o‘ynagan. 2011 yilda MITOS safiga o‘tgan va 2013 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.

U so‘nggi yillarda Rostov shahridan 50 kilometr uzoqlikdagi Novoshaxtinsk shahrida yashab, mahalliy jamoada murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. 

Foto: O‘FA

U 1996 yilning 19 noyabrida BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida  (4:2) terma jamoada debyut qilgan va 2005 yilga qadar asosiy jamoada 63 o‘yinda ishtirok etib, 13 gol urgan.

Mavzuga oid