Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandan amalga oshiriladigan ayrim xalqaro aviaqatnovlar Farg‘onaga ko‘chirildi
2021 yilning 30 dekabr kuni HY9620/Domodedovo-Namangan aviaqatnovi Domodedovo - Farg‘ona muqobil yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi, HY9619/Namangan - Domodedovo qatnovi esa Farg‘ona shahridan amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, bunday qaror meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi - tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi munosabati bilan qabul qilingan.
⠀
Aviaqatnovning harakat vaqtidagi kichik o‘zgarishlar quyida keltirilgan:
HY-9620 qatnovining jo‘nab ketish vaqti soat 12:26 ga o‘zgartirildi;
HY-9619 qatnovining jo‘nab ketish vaqti esa soat 14:00 ga o‘zgartirildi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Namangan va Farg‘ona aeroportlari o‘rtasida transfer harakat tashkil etiladi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
15:01 / 24.05.2025