Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudan bosh vaziri iste’fo berdi
Sudan bosh vaziri Abdulla Hamduk iste’foga chiqdi. Bu haqda siyosatchi yakshanba kuni mamlakat televideniyesi orqali e’lon qildi. Hamduk olti hafta oldin harbiy to‘ntarish yetakchilari bilan kelishuvdan keyin o‘z vazifasiga qaytgan edi.
Bu lavozimda boshqalarga imkon berishga qaror qilgan Abdulla Hamduk mamlakatda vaziyat o‘nglanishi uchun muzokaralar stoliga o‘tirish lozimligini ta’kidladi. 2021 yil 25 oktyabr kuni Sudanda harbiy to‘ntarish amalga oshirilgandi. Oqibatda Abdulla Hamduk uy qamog‘iga olinadi. To‘ntarish yetakchisi general Abdul Fattoh al Burxon bilan noyabrda o‘tgan muzokaralardan so‘ng bosh vazir o‘z potstiga qaytgandi.
31 dekabr kuni harbiy to‘ntarish yetakchisi general al Burxon mamlakatda haqqoniy saylovlar o‘tkazilishini aytgandi. Sudanda esa harbiylar yetakchiligidagi yangi hukumat iste’fosini talab qilishyapti. Namoyishchilar Abdulla Hamdukni harbiy to‘ntarish yetakchilari bilan kelishgani uchun davlatga xiyonatda ayblashgan.
Mavzuga oid
14:05 / 16.04.2025
Sudan: RSF muqobil hukumat tashkil etilishini e’lon qildi
14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
16:45 / 26.02.2025
Sudanda harbiy samolyot halokatga uchradi. 40 dan ortiq inson halok bo‘ldi
14:44 / 08.01.2025