Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston armiyasidagi qurol-aslaha va harbiy texnika xatlovdan o‘tkaziladi
2022-2026 yillarda qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Xususan, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni xatlovdan o‘tkazish va ularga bo‘lgan zarurat miqdorni aniqlash ko‘zda tutilmoqda. Jahon bozoridagi mavjud zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar o‘rganiladi.
Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi tizimida geraldika ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish ham mo‘ljallangan.
Mudofaa vazirligining geraldika ishlari hajmi aniqlanadi va ushbu yo‘nalishda xorijiy tajriba o‘rganiladi. Mudofaa vazirligining Geraldika kengashi tuziladi, uning vazifalari belgilanadi va tegishli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqiladi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasini yaratish tizimi rivojlantiriladi.
Qo‘shinlarning rahbar lavozimlarida xizmat qiladigan harbiy xizmatchilar uchun malaka talablari zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqiladi. Qo‘shinlarning rahbar lavozimlariga nomzodlarni tanlash, kadrlar zaxirasini yaratish, ularni maqsadli ravishda tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
15:00 / 20.05.2025
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi
14:34 / 20.05.2025