O‘zbekiston | 10:42 / 05.01.2022
4609
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga Moskvaning Nikulin sirki keladi

Poytaxtda afsonaviy sirk jamoasining mashhur artistlari muz ustida tomosha ko‘rsatadilar.

Moskvaning muz ustidagi sirki Tsvetnoy bulvardagi Nikulin sirkining rasmiy jamoasi hisoblanadi. Bu jamoani Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Nataliya Abramova boshqaradi. Bayramona Yangi yil shousi 7-8 yanvar kunlari Humo Arenada bo‘lib o‘tadi.

Nikulin sirkining mashhur jamoasi 1962 yilda tashkil topgan. Dongdor sirkning artistlari o‘zlarining betakror chiqishlari tufayli dunyoga tanilishgan. Ular ishtirokidagi har bir sirk tomoshasi sayyoramizning eng mashhur maydonlarida zo‘r muvaffaqiyat bilan o‘tadi.

Bu betakror jamoa Rossiya va yaqin xorijdan mahoratli figurali uchish ustalari, sirk artistlarini jamlagan. Nikulin sirkida jonglyorlar, masxarabozlar, havo akrobatlari va ekvilibristlar ishtirok etishadi.

Yuksak tajriba va eng zamonaviy jihozlar jamoaga turli maydonlarda ishlash imkonini beradi. Shu sababli muz ustidagi sirk tomoshalari tabiiy, sun’iy va sintetik muz ustida birdek o‘tadi.

«Bizning tomoshamiz repertuarning rang-barangligi va kengligi bilan ajralib turadi. Faqat bizda havo gimnastlari, jonglyorlar, masxarabozlar va akrobatlar butun tomosha davomida konkida uchishadi. Biz o‘zimiz bilan 150 dan ziyod liboslarni shunchaki olib yurmaymiz. Har bir detal badiiylik nuqtayi nazaridan to‘g‘ri yoritilishiga alohida ahamiyat qaratamiz», – deya ta’kidlaydi muz ustidagi Moskva sirki direktori.

So‘nggi o‘n yil ichida Moskvaning Nikulin sirki 30 dan ortiq mamlakatda gastrol safarlarida bo‘ldi. Ham muz ustidagi, ham sirk tomoshalari bilan raqobatga bardoshli bu jamoa muz ustidagi jahon sirklari orasida yetakchilardan biri bo‘lib kelyapti. Shu qatorda u muz ustidagi dunyodagi birinchi sirk an’analarini ham saqlab qolgan. Zero, Nikulin sirki jamoasining tarixi aynan shundan boshlangan.

Muz ustidagi sirk shousi bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun mo‘ljallangan. Unga imkon qadar barcha xohlovchilar tashrif buyura olishlari uchun dastur kuniga uch marta – 7-8 yanvar kunlari soat 12:00, 15:00, 18:00 da o‘tkaziladi:

Ma’lumot uchun tel.: (95) 169 87 87, (78) 140 87 87

Chiptalarni myticket.uz  iticket.uz saytlari, Xalqlar do‘stligi va Humo Arena saroyi kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid