O‘zbekiston | 11:23 / 06.01.2022
2370
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda fohishaxona tashkil etgan qashqadaryolik ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahrida fohishaxona tashkil etgan qashqadaryolik ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 3 yanvar kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ro‘yxatda turib, Samarqand shahar Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida vaqtincha yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan X.I. o‘zi yashab kelayotgan uyida fohishaxona tashkil qilib, 500 ming so‘m evaziga tadbirga jalb qilingan shaxslarga jinsiy aloqa qilishlari uchun alohida xona ajratib, sharoit yaratib bergan vaqtida, ushlanib hujjatlashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid