Jamiyat | 20:40 / 30.07.2018
38512
3 daqiqa o‘qiladi

60 yoshga to‘lib, 2 marotaba jirkanch ishlari uchun sudlangan ayol takror jinoyatga qo‘l urdi

Jizzax shaxrida yashovchi R.R. muqaddam g‘arazli va boshqa past niyatlarda fohishaxona tashkil etganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining  09.07.2004 yildagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismining “a”bandi bilan sudlanib jazo olgan bo‘lsada, takroran fohishaxona tashkil etganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 12.01.2018 yildagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi sudlanib, jazo tayinlandi.

Lekin 2 nafar farzandning onasi, 60 yashar  R.R xavfli retsidivist bo‘la turib, muqaddam shu toifadagi jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlanib, jazo olgan bo‘lsada, 2018 yilning 26 fevral kuni soat 20-00 larda o‘zi istiqomat qilib kelayotgan xonadonida 100.000 so‘m pul evaziga tanishi M.Q bilan fuqarolar Z.X va S.N o‘z ixtiyorlariga ko‘ra jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik qilgan.

Sud, sudlanuvchi R.Rga nisbatan jazo turi va me'yorini belgilashda, O‘zbekiston Respublikasi JKning 55,56-moddalari talablariga rioya qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 03.02.2006 yil “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi Qaroridan kelib chiqib, uning aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini, oilaviy moddiy ahvolini jazoni yengillashtiruvchi holatlari deb hisobladi. Jinoyatni g‘araz niyatda sodir qilganligini jazoni og‘irlashtiruvchi holat deb, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, uning shaxsini e'tiborga olib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 4-qismi sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni hamda tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijroga qaratmasdan, uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin deb hisoblab, unga nisbatan JKning 72-moddasini qo‘llagan holda shartli hukm qilib, sinov muddati belgilash haqida Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 06.06.2018 yildagi hukmi chiqarildi.

Mavzuga oid