Jamiyat | 15:16 / 06.01.2022
12498
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda 3 nafar egizak dunyoga keldi. SSV ona-bolalar salomatligi nazoratga olinganini ma’lum qildi

Egizaklarga Madinaxon, Muhammadziyo va Muslimaxon deb ism qo‘yilgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

4 yanvar tongida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani Anorzor mahallasida yashovchi 27 yoshli Maftuna Toshpo‘latova birvarakayiga 3 nafar egizakning onasiga aylandi. 

SSV matbuot xizmati xabar qilishicha, Guliston shahar tibbiyot birlashmasining akusherlik kompleksida chaqaloqlarning sog‘lom tug‘ilishi uchun alohida mutaxassislar va zarur tibbiy jihozlar hozirlangan. 

Kesarcha usulida, asoratsiz o‘tkazilgan tug‘uruq amaliyoti natijasida 2,9 va 2 kilogrammlik ikki nafar qizaloq hamda 3 kilogrammlik o‘g‘il bola dunyoga kelgan. Egizaklarga Madinaxon, Muhammadziyo va Muslimaxon deb ism qo‘yilgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

«Ayni paytda go‘daklarning ahvoli qoniqarli. Shifokorlar ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishiga bosh-qosh bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi egizaklar va onaning salomatligini alohida nazoratga oldi. 

Shuningdek, vazirlik bugun o‘z tavallud kunini nishonlaydigan Maftuna Toshpo‘latova va uning oilasiga sovg‘alar, xususan, farzandlar parvarishi va ularning sog‘lom ulg‘ayishi uchun zarur bo‘ladigan jihozlar, gigiyena hamda ozuqa vositalari topshirdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid