Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitgan ta’lim muassasalariga imtiyozlar beriladi
Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 12 ming nafar shaxslarning bandligini ta’minlash rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi.
Bunda:
- tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan har bir nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi mumkin bo‘lgan kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda “Bandlik xizmati” axborot tizimiga integratsiya qilish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotning xodimga ish haqi hisoblangani va daromad solig‘i to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda yagona milliy mehnat tizimidagi mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- 12 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun kasbiy ta’lim muassasalariga imtiyozlar berish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini o‘zi band qilishi uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritiladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025