Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 25 sotix yerni 24 ming dollar evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs va kadastr xodimi ushlandi
Samarqand viloyati IIB va DXX hamkorligida Jomboy tumanida yer sotish bilan bog‘liq korrupsion holatga chek qo‘yilgan. Jomboy tumanida hokimlik zaxirasidagi yerni 24 ming dollar evaziga fuqaroning nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan fuqaro hamda kadastr xodimi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand tumani Qaynama mahallasida yashovchi fuqaro viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida Jomboy tumani Qoraki qishlog‘ida yashovchi B.N. shu qishloqdagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 25 sotix yerni 23 AQSh dollariga sotishga kelishib, tuman kadastr xizmatida ishlovchi J. ismli shaxs orqali yerni tuman kadastr bo‘limidagi kompyuter bazasiga unga tegishli ekanligi to‘g‘risida ma’lumot kiritib berish uchun, ariza muallifidan 1000 AQSh dollari va jami 24.000 AQSh dollari miqdorida pullarni talab qilib kelayotganini ma’lum qilgan.
Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 7 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida Jomboy tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, B.N. va Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Jomboy tuman filialida ishlovchi O‘.J.lar ariza muallifidan 24.000 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025