Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ichki ishlar xodimlari «Malibu» haydovchisiga nisbatan o‘qotar qurol qo‘lladi
7 yanvar kuni soat taxminan 15:00 larda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ichki ishlar xodimlari “Malibu” avtomobili haydovchisiga nisbatan o‘qotar qurol qo‘lladi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea davlat rahbarining korteji o‘tishi kutilayotgan Yangishahar ko‘chasida ro‘y bergan.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1976 yilda tug‘ilgan, kuchli darajadagi mast holatida bo‘lgan fuqaro A.A. o‘z boshqaruvidagi “Malibu”da shu yerda xizmat o‘tayotgan YHX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zgalarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solgan holda qochishga uringan.
Xodimlar, haydovchining noqonuniy harakatlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldini olish maqsadida, belgilangan tartibda o‘qotar qurol qo‘llagan.
Natijada, avtotransport vositasi majburiy to‘xtatilib, haydovchi zararsizlantirilgan. Qurol qo‘llanilishi natijasida hech kim jarohatlanmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi
18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025