O‘zbekiston | 08:36 / 10.01.2022
7244
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2022 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovi eng kam stavkalari e’lon qilindi

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2022 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2022 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari, ijara to‘lovini (ijara to‘lovining tayanch stavkasini) hisoblab chiqish tartibi va qo‘llanadigan koeffitsiyentlar, Toshkent shahrining markaziy qatnov ko‘chalari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan davlat mulkini balansda saqlovchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan avval tuzilgan shartnomalarni xatlovdan o‘tkazish, ularni hisobga qo‘yish va shartnomalarni belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishni ta’minlaydi.

Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun

2022 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid