Navoiyda erini bolta bilan chopib o‘ldirgan ayol 16 yilga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudida o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylangan navbahorlik 30 yoshli ayolga sud hukmi o‘qildi. U uxlab yotgan erini farzandi ko‘z oldida bolta bilan chopib tashlagan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi raisi Maqsud Rayimovning Kun.uz' ga ma’lum qilishicha, holat 2021 yilning 1 avgust kuni Navbahor tumanining Kelachi mahallasida sodir bo‘lgan. Soat 2:30 larda uyiga mast holda qaytgan er turmush o‘rtog‘ini urib, haqoratlagan va yotoqxonaga kirib uxlagan. Bundan jahli chiqqan sudlanuvchi F.M. soat 9:00 larda qizi va o‘g‘lini olib, Navoiy shahrida yashovchi ota-onasining uyiga ketmoqchi bo‘lgan. Otasi bilan uxlab yotgan voyaga yetmagan o‘g‘lini olish uchun yotoqxonaga kirgan ayol turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish maqsadida omborxonadan olib kelgan bolta bilan unga 13 marta zarba bergan. Keyin sodir etgan jinoyatini yashirish uchun uyga o‘t qo‘ygan. Boltani esa xonadon yaqinidan oqib o‘tuvchi ariqqa tashlab yuborgan hamda voyaga yetmagan farzandlarini olib, ota uyiga ketgan.
Sud hukmi bilan ayolga 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024
Archazordan topilgan odam boshi – Qo‘shtepadagi qotillik tafsiloti
19:02 / 31.10.2024