Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar uchun ta’limni tashkil etish dasturi amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirliklarining 2022 yil 1 yanvardan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish dasturini amalga oshirish taklifi ma’qullanadi.
Markazda davolanayotgan bolalarga maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonlarini tashkil etish uchun markazning tarkibiy tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan ta’lim ofisi tashkil etiladi.
Belgilanishicha, 2022 yil 1 martdan boshlab gematologiya va onkologiya yo‘nalishlari bo‘yicha davolanayotgan bolalarga uzluksiz ta’lim-tarbiya berish tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi 2022 yil 31 dekabrga qadar tajriba-sinov natijalariga ko‘ra, markazda davolanayotgan bolalar uchun tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025