O‘zbekiston | 17:45 / 13.01.2022
3332
2 daqiqa o‘qiladi

Quyichirchiq tumanida qidiruvdagi o‘ta xavfli retsidivist YPX inspektori tomonidan aniqlanib, ushlandi

Foto: IIBB axborot xizmati

Haydovchining harakatlari inspektorda shubha uyg‘otgan va fuqaroga tegishli ma’lumot planshet orqali bazaga kirgizilganda, haydovchi qidiruvdaligi aniqlangan.

Joriy yilning 11 yanvar kuni Quyichirchiq tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori safdor B.Amanbayev hujjatlarni tekshirish maqsadida «Nexia-2» rusumli transport vositasini to‘xtatgan. Tekshiruv vaqtida avtomobilga tegishli hujjatlar yo‘qligi va avtoulov boshqa fuqaroga tegishli ekani aniqlangan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot guruhi xabar bermoqda.

Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida haydovchining harakatlari inspektorda shubha uyg‘otgan va fuqaroga tegishli ma’lumot planshet orqali bazaga kirgizilganda, haydovchi B.A. qidiruvdaligi aniqlangan va u shu vaqtning o‘zida ushlangan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, haydovchi 1982 yilda tug‘ilgan B.A. Jinoyat kodeksining 168 moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik ko‘p miqdorda) va 3-qismi «B» bandi (firibgarlik o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilganligi) bilan ayblanib, Zangiota tumani IIB tomonidan noyabr oyidan buyon qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga oid