O‘zbekiston | 07:44 / 14.01.2022
2816
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident «Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

"Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, qonun bilan gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solish tartibi belgilandi. 

Gidrometeorologiya xizmati ushbu faoliyatdagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Gidrometeorologik axborot (atrof tabiiy muhit holatining kuzatuvlari natijalari) ochiq va ishonchli bo‘lishi kerak.

Gidrometeorologiya xizmati davlat organlarini, jismoniy va yuridik shaxslarni iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.

Bunda umumiy gidrometeorologik va tezkor gidrometeorologik axborotlar Gidrometeorologiya xizmatining rasmiy veb-saytiga va ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid