Qoraqalpog‘istonda qirg‘ovullarni ovlash taqiqlandi
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining 2022 yil 13 yanvardagi «Respublikada qirg‘ovullarni muhofaza qilish va sonini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022-2023 yillarda qirg‘ovullarni ovlash taqiqlandi.
Qayd etilishicha, qaror bilan Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasiga Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qirg‘ovullar noqonuniy ovlanishining oldini olish bo‘yicha ishlarni faollashtirish, qirg‘ovullarning noqonuniy ovlanishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan amaldagi qoidalarga muvofiq va belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, Davlat soliq boshqarmasi, Ekologiya qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologiya nazorati va aholi salomatligini muhofaza qilish boshqarmasi tumanlar hokimlari bilan birgalikda bozorlarda qirg‘ovullarni noqonuniy ovlash va sotish holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog‘iston O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limiga qirg‘ovullarni muhofaza qilish va ularni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha idoraviy nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklandi.
Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda qirg‘ovullar sonini aniqlash maqsadida yillik hisob-sanog‘ini yuritish va biologik tadqiqotlar o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Bildirilishicha, 2022-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qirg‘ovullar ovlanishining taqiqlanishi yaqin ikki yilda Qoraqalpog‘iston hududida qirg‘ovullar sonining ko‘payishiga olib keladi.
Mavzuga oid
12:58 / 07.11.2024
Buxoroda noqonuniy ov natijasida tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
21:56 / 10.02.2024
Qoraqalpog‘istonning qator tumanlari vaqtincha elektrsiz qoldi
12:51 / 07.02.2024
Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan ikkita firmaga chora ko‘rildi
23:35 / 24.01.2024