Urganch va Xiva shahar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishga tushirildi
Endi xorazmliklar avtobusda yo‘lkira haqini to‘lashda «ATTO» transport kartasidan foydalanishi mumkin.
«Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori» (ATTO) MChJ tomonidan Urganch va Xiva shahri jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishga tushirildi.
Endi yo‘lovchilar avtobusda yo‘lkira haqini to‘lashda «ATTO» transport kartasini maxsus validatorga tekkizishi kifoya – zarur mablag‘ bir zumda yechib olinadi.
«ATTO» transport kartasi hisobini MyUzcard, Payme, Upay va boshqa elektron to‘lov tizimlari mobil ilovalari, shuningdek, Paynet shoxobchalari orqali to‘ldirish mumkin.
Yo‘lkira haqini «ATTO» kartasi orqali to‘laganda 10 foiz chegirma beriladi, ya’ni, 1000 so‘m yo‘lkira haqi uchun 900 so‘m yechib olinadi.
«ATTO» transport kartasini Urganch shahri Markaziy dehqon bozori shoxbekati kassalarida yoki avtobus haydovchilaridan sotib olish mumkin. Yangi karta hisobi 5 ming so‘mga to‘ldirilgan, yo‘lovchilar faqat shu qiymatni to‘laydi.
Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi «Raqamli O‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishga tushirildi. Keyingi bosqichda tizim viloyatning barcha hududlarida joriy etiladi.
Mavzuga oid
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
10:31 / 15.11.2024
Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
15:37 / 07.11.2024