O‘zbekiston | 16:48 / 20.01.2022
16843
1 daqiqa o‘qiladi

Chimyonda yirik qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi

Foto: FVV matbuot xizmati

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyon tog‘ hududida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

«2022 yil 19 yanvar kuni taxminan soat 16:30larda Toshkent viloyati Chimyon tog‘ hududining dengiz sathidan 2300-3000 metr balandlikda qor ko‘chish holatlari kuzatilib, dengiz sathidan 1700 metr balandlikda to‘xtagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qor ko‘chkisi taxminan 60 000 metr.kub hajmni tashkil qilishi aniqlangan. Ushbu hodisa Chimyon tog‘ hududining ichkari qismida, aholi yashash joyidan taxminan 4-5 km yuqorida sodir bo‘lgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ma’lumot kelib tushmagani aytilgan.

Hozirda barcha xavfsizlik choralari ko‘rilib, fuqarolarning hududga kirmasligi va harakatni cheklash maqsadida qo‘shimcha belgilar o‘rnatilmoqda.

Mavzuga oid