Toshkentda tez yordam xizmatiga tushgan chaqiriqlar saralanib, ahvoli yengil bemorlarga poliklinikalar xizmat ko‘rsatadi - SSV

Foto: Kun.uz
Toshkentda endilikda tez yordam xizmatiga tushgan chaqiriqlar saralanib, ahvoli yengil bemorlarga poliklinikalar ham tez tibbiy yordam ko‘rsatadi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
So‘nggi 5 kun ichida shahar 103 xizmatiga bo‘layotgan chaqiriqlar soni keskin oshib, kunlik o‘rtacha 5200-5300 tani tashkil qilmoqda. Ta’kidlanishicha, yanvar oyi boshida bu raqam 3200-3400 tadan iborat bo‘lgan.
«Keyingi kunlarda tez yordam xizmatiga umumiy chaqiriqlar soni ortgani sababli shahar tez tibbiy yordam stansiyasi Call-markaziga poytaxtning 12 tumanida joylashgan markaziy poliklinikalardan mutaxassislar jalb etilib, chaqiriqlarni saralash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, endilikda 103 xizmatiga murojaat qilgan bemorning shikoyatlari tinglanib, agar uning ahvoli yengil bo‘lsa, biriktirilgan xodimlar chaqiriqni o‘z hududi bo‘yicha oilaviy poliklinikalarga yo‘naltiradi. Shundan so‘ng murojaat qilgan bemorga poliklinikaning mobil brigadalari tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Og‘ir ahvoldagi bemorlar esa tez yordam xizmati bilan qamrab olinadi», deydi Nasiba Mahmudova.
Qayd etilishicha, bu 103 xizmati faoliyatini yaxshilash, aholiga tezkor, sifatli, eng asosiysi, ishonchli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Shuningdek, yanvar oyida tez yordam brigadalari tomonidan koronavirus aniqlangan va ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun virusga qarshi dori-darmonlar bo‘lgan COVID-box'lar berish hamda kasallikka gumon qilingan shaxslardan ekspress-test olish ham yo‘lga qo‘yilgan.
Chaqiriqlar soni ortgani va ish yuklamasi ko‘payib borayotgani sababli kuni kecha shahar 103 xizmati tasarrufiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘shimcha 40 ta zamonaviy jihozlangan tez tibbiy yordam mashinasi haydovchilari bilan birga biriktirib berildi. Shuningdek, Call-markaz ish samaradorligini oshirish uchun 30 ta yangi operator o‘rni yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
Mavzuga oid

11:52 / 18.03.2022
O‘zbekistonda tez yordam kechikib kelishi bo‘yicha 50 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan

07:28 / 13.01.2022
10 kunda tez yordamga qariyb 350 mingta chaqiriq kelib tushdi - SSV

22:32 / 28.12.2021
Toshkentda bir bemor 522 marta tez yordam chaqirgani ma’lum qilindi

16:25 / 14.12.2021