2021 yilda 7 millionga yaqin iste’molchining huquqi buzilgan. Yetkazilgan zarar miqdori - 150 mlrd so‘mdan ziyod
2021 yilda 7 millionga yaqin iste’molchining huquqi buzilgan. Ularga yetkazilgan moddiy zarar miqdori - 150 milliard so‘mdan ziyod. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori o‘rinbosari A’zam Qurbonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda iste’molchilar huquqlari buzilishi yuzasidan agentlikka 26 249 ta shikoyat kelib tushgan. Murojaatlarni ko‘rib chiqish va o‘tkazilgan o‘rganishlarda 7 mln nafarga yaqin iste’molchilarning huquqlari buzilganligi hamda ularga 150 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 81 foizi qanoatlantirilgan va huquqiy yordam berish orqali hal etilgan.
Aholining kommunal sohaga oid muammolari bo‘yicha avgust-dekabr oylarida joylarda qabul qilingan 3 960 nafar iste’molchining 59,7 foiz muammosi joyida hal qilingan, 38 foizi bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirish berilgan.
Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar, agentlik ish rejasi va boshqa idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan 826 ta o‘rganish va tahlillarda iste’molchilardan jami 127 mlrd so‘m miqdorida ortiqcha haq olingani aniqlandi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan 337 ta sub’yektga ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishi holatlarini tugatish yuzasidan ko‘rsatma berilgan. 44 nafar huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuborilgan va 32 nafar shaxsga nisbatan jami 12,4 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima belgilangan.
Mavzuga oid
11:05
Qimmat sotilgan dorilar tufayli iste’molchilarga 7 mlrd so‘m qaytarildi
23:15 / 05.09.2024
Poyezdlar to‘xtab turganida ham konditsioner o‘chmaydigan bo‘ladi - O‘TYY rahbari
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024