Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bobur Shoyoqubov Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i etib tayinlandi
Shoyoqubov Bobur Ahmadjonovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bobur Shoyoqubovning tarjimayi holi haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 2013 yilda Milliy xavfsizlik kengashi apparati konsultanti lavozimida, 2015 yilda Xavfsizlik kengashi apparatining bo‘lim mudiri lavozimida bo‘lgan. 2019 yildagi axborotlarda esa Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari sifatida qayd etilgan.
Shoyoqubov 2021 yil Mustaqillik kuni arafasida “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Qurolli Kuchlar akademiyasin boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shavkatbek Mamajonov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti boshlig‘i etib tayinlandi.
Polkovnik Shavkat Mamajonov akademiya boshlig‘i lavozimiga 2021 yil mart oyida tayinlangan, u o‘shanda Hamdam Qarshiyevning o‘rniga kelgandi. Shavkat Mamajonov muqaddam Qurolli Kuchlar Bosh shtabining sobiq boshlig‘i Pavel Ergashevga o‘rinbosar lavozimida ishlagan.
13 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi
11:53 / 06.05.2025