Jahon | 20:25 / 24.01.2022
7661
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya ham fuqarolarini Ukrainadan olib ketishni boshladi

Ukrainadagi vaziyat keskinlashayotgani sabab AQSh va Britaniyadan keyin Avstraliya ham fuqarolarini mamlakatdan olib ketishga kirishdi.

Foto: AP

24 yanvar, dushanba kunidan boshlab avstraliyalik diplomatlarning oila a’zolarini Ukrainadan olib ketish boshlangan. Bu haqda qator Avstraliya nashrlari yozgan.

Avstraliya hukumati fuqarolariga Ukrainaga bormaslikni ham maslahat bergan. Ukrainada bo‘lib turgan avstraliyaliklarga esa mamlakatni tark etish tavsiya qilingan. Avstraliya nashrlarining hisoblashicha, Ukrainada 1,5 ming nafarga yaqin avstraliyalik fuqaro bo‘lishi mumkin. The Sydney Morning Herald nashrining yozishicha, hukumat Ukrainada qolayotgan avstraliyaliklarga xavflilik darajasi oshgani va urush boshlangan taqdirda yashirinish mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumot bergan.

Franss press nashrining yozishicha, Fransiya hukumati ham fuqarolariga zarur ehtiyojsiz Ukrainaga bormaslikni tavsiya qilgan. Oldinroq AQSh va Britaniya o‘z diplomatlarining oila a’zolarini Ukrainadan olib chiqib ketishni boshlagandi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid