Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Bog‘dod tumani hokimi o‘zgardi
Farg‘ona viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yusufjon Husainov Bog‘dod tumani hokimi etib tayinlandi.
Bugun bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Bog‘dod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yusufjon Husainov Bog‘dod tumani hokimi etib tayinlandi. Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
«Hokimlik og‘ir ish, tumandagi iqtisodiyotdan tortib, ijtimoiy sohasiga javob berish kerak. Bog‘dodda Vosiljon Nazarov harakatchanligi, topshiriqlarni tushunib ishlagani e’tirofga loyiq», dedi viloyat hokimi.
Bog‘dod tumanining sanoat, ishlab chiqarish sohasidagi yutuqlari, respublikaga nomi ketgan «Bog‘dod tajribasi» haqida to‘xtalib o‘tildi. Tumanda birinchi vazifa ishsizlikni kamaytirish, sanoat zonalaridagi loyihalarni ishga tushirish, investitsiyani oshirish, mahallalarni obodonlashtirish, umuman olganda 2022 yil davomida har bir yo‘nalishda salmoqli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Viloyat hokimi tomonidan taqdim etilgan Yusufjon Husainov nomzodi tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va u Bog‘dod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Yusufjon Husainov 1983 yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005 yildan iqtisodiyot tizimida mehnat qilib keladi. 2020 yildan buyon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2021 yil fevralidan beri tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Vosiljon Nazarov boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025