Sport | 09:38 / 25.01.2022
9370
1 daqiqa o‘qiladi

Kamerun - Qamar orollari bahsidan avval stadionga kirishda yuzaga kelgan tiqilinchda kamida 7 kishi halok bo‘ldi

Afrika kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Kamerun va Qamar orollari milliy jamoalari o‘rtasidagi bellashuv oldidan stadion yaqinida tiqilinch yuzaga keldi.

Valentina Chupik / Foto: Kun.uz / arxiv

Olomon stadionga kirishga harakat qildi, xavfsizlik xodimlari esa tartib o‘rnatolmadi.

Hodisa paytida ba’zi odamlar yiqilgan, boshqalari esa ularning ustidan bosib o‘tgan. Bir necha kishi hushini yo‘qotgan, jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.

LSI Africa'ning ma’lumotlariga ko‘ra, tiqilinchda kamida 7 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bellashuvda mezbon Kamerun 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kovid va jarohatlar tufayli Qamar orollarining uchala posboni ham maydonga tusha olmadi, natijada darvozani himoyachi qo‘riqladi. Ustiga-ustak, jamoa o‘yinning 7-daqiqasidayoq kamchilikda qoldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid