Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mane Afrika Kubogi paytida jarohati sabab shifoxonaga bordi va u yerda mototsikl urib yuborgan bolaning davolanishiga pul to‘ladi
Senegal milliy jamoasi vingeri Sadio Mane Afrika kubogi 1/8 finalida doirasida Kabo-Verde (2:0) bilan o‘yindan so‘ng Kamerundagi shifoxonaga borishga majbur bo‘ldi.
Futbolchi bahsda raqib darvozaboni bilan to‘qnashib ketgandi. Natijada u miya chayqalishi mumkinligi munosabati bilan ko‘rikdan o‘tgani bordi. Mane tibbiy muassasada og‘ir jarohatlangan bola haqida bilib qoldi va uning davolanishiga pul to‘ladi.
«Bafusamda Mane bir oila manfaati uchun saxiy ish qildi. Motosikl bolani urib yubordi, uning tanasida juda ko‘p joyi singan va jarohatlar bor edi. U o‘limga yaqin edi va bolaning ota-onasi davolanish uchun pul to‘lashga qodir emasdi.
Sadio qiyinchilikdagi oila bilan uchrashib, nima bo‘lganini so‘radi. Vaziyat unga tushuntirildi va u oilaga 400 ming G‘arbiy Afrika franki (700 dollardan kamroq) berdi, bu oilaning og‘irini yengillashtirdi», — dedi Kamerunning Equinoxe TV telekanali.
Mavzuga oid
18:05 / 02.08.2023
Ronaldu jamoasida yangi superyulduz va Buffonning futboldan ketishi. So‘nggi transfer xabarlari
12:24 / 25.07.2022
«Bavariya» transferlar bozorida faol. Nemis grandi tarkibni qanday yangilamoqda?
17:03 / 22.06.2022
Mane «Bavariya» futbolchisiga aylandi
18:39 / 27.05.2022