Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blekautdan keyingi Samarqand: tramvaylar yura boshladi, metan «zapravkalar» hamon yopiq
Energotizimdagi avariya tufayli O‘zbekistonda elektr ta’minoti uzilgach, barcha sohalarda muammolar kuzatila boshlandi. Jumladan, AGTKSdagi uzilishlar sabab jamoat transporti qatnoviga ham cheklashlar joriy etildi.
Kun.uz fotomuxbiri blekautdan keyingi Samarqand ko‘chalarini kadrga muhrladi.
27 yanvar kuni Samarqandda jamoat transporti faoliyati biroz jonlandi. Bugundan tramvaylar harakatlana boshladi. O‘tgan kunlar davomida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari gazdan uzilgani sababli shaharda taksilar kamayib qolgandi. Bugundan ko‘chadagi taksilar va tumanlarga qatnaydigan «Damas»larning aksariyati suyultirilgan gazda yoki benzinda harakatlanyapti. Shaharda har ikkala yonilg‘ini bemalol xarid qilish mumkin.
Metanda yurgan taksilar benzinda yurayotgani sabab yo‘lkira qimmatlagan. Shahar ichida yo‘lovchilar o‘rtacha 10 ming so‘mdan tashilmoqda. Ko‘chalarda ko‘rinish berayotgan avtobuslar turli korxonalarning ishchilarini tashiydigan transporti, chunki oldida marshrut liniyasida yurganini ifodalovchi raqamlari yo‘q edi.














Faxriddin Hotamov olgan suratlar
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
21:06 / 22.05.2025