Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda piyodalar yo‘lakchasidagi daraxtlar ildizigacha betonlab tashlandi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida piyodalar yo‘lakchasidagi daraxtlar ildizigacha betonlab ketilgan. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Chiroqchi tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan hududda ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Nazorat tadbiri davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlar holati o‘rganilgan.
O‘rganish davomida Chiroqchi tuman Mustaqillik ko‘chasi hududida piyodalar yo‘lakchasida o‘sib turgan katta yoshdagi daraxtlar ildizigacha betonlab ketilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, Ekologiya boshqarmasi xodimlari talabi bilan tezda daraxtlarning betonlangan ildizlari ochilib, suv quyish va ishlov berish uchun qulay holatga keltirilgan.
Avvalroq Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Gagarin shaharchasida Xalqlar do‘stligi ko‘chasining ikki tomoniga ekilgan 75 tup yosh daraxt piyodalar yo‘lakchasi qurilayotganda betonlab tashlangandi. Shuningdek, Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasidagi 56 tup daraxtning tagi landshaft yaratish vaji bilan polietilen plyonka bilan o‘rab tashlangandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025