Surxondaryoda qarzdorlik tufayli 16 ming 496 nafar shaxsga xorijga chiqishga taqiq qo‘yilgani ma’lum qilindi
Surxondaryo viloyatida qarzdorlik tufayli 16 ming 496 nafar shaxsga xorijga chiqishga taqiq qo‘yilgan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilingan.

Foto: Dreamstime
Ma’lum qilinishicha, MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning hududiy organlari tomonidan viloyatda 16 ming 496 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekistondan xorijga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Shundan 2021 yilda qarzdorlikni bartaraf etgan 7 ming 216 nafar qarzdorga nisbatan qo‘llangan xorijga chiqish cheklovi choralari bekor qilingan.
Bundan tashqari, O‘zbekistondan xorijga chiquvchi rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritilgani munosabati bilan 316 nafar qarzdorga qo‘yilgan taqiq sudlar tomonidan bekor qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi 808-son qaroriga asosan aliment to‘lash majburiyatini garov bilan ta’minlaganlik uchun 118 nafar aliment to‘lovchilarning chetga chiqish huquqlari tiklab berilgan.
Mavzuga oid

14:22 / 17.04.2025
Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulk realizatsiyasi jadallashtiriladi

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025