Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli shamol esayotgani sababli Qashqadaryoda elektr energiyasi tarmoqlari uzib qo‘yildi
Kuchli shamol kuzatilayotgani sababli Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasi tarmoqlari uzib qo‘yilmoqda. Bu haqda Egnergetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kuchli shamol kuzatilayotganligi sababli Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Shu sababli, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlari vaqtinchalik tarmoqdan ajratilgan.
«Hududda kuchli shamol esishi pasayganidan so‘ng, elektr energiyasi qayta tarmoqqa ulanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Kun.uz muxbirining ma’lum qilishicha, ayni paytda Qashqadaryo viloyatining bir qancha hududlarida, jumladan, Qarshi shahrida kuchli shamol esmoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi
21:31 / 11.04.2025