Nukusdagi YTH oqibatida Qoraqalpog‘istonda taniqli 3 kishi halok bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus yo‘lida YTH sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi YHXB rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 27 yanvar kuni Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir yo‘lining 18-19-km qismida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Ikkita Cobalt qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, YTH oqibatida halok bo‘lganlar Qoraqalpog‘iston madaniyati va tibbiyotiga katta hissa qo‘shgan insonlar yekani ma’lum bo‘ldi.
Ular O‘zbekiston shifokorlar assotsiatsiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi «Do‘stlik» ordeni sohibi Abdikerim Mambetkarimov (79 yoshda) va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Mehnat faxriysi» medali hamda «Mehnat shuhrati» orden sohibi Amaniyaz Juzimbetov (90 yoshda) va Azamat Juzimbetov.
Har ikkala marhumning yaqinlariga Joqarg‘i Kenges Raisi Murat Kamalov va Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev ta’ziya bildirgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, mashinalarda bo‘lgan yana ikki yo‘lovchi shifoxonada og‘ir ahvolda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 3-bo‘limi «a» bandi bilan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda dastlabki tergov jarayonlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024