O‘zbekiston | 12:32 / 31.01.2022
2838
1 daqiqa o‘qiladi

2026 yilgacha talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash darajasi 60 foizdan oshiriladi

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish belgilandi.

Foto: U-Report

Strategiyaga ko‘ra, talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishda loyihalarni moliyalashtirishning maqbul usullari yo‘lga qo‘yiladi. 

2022 yilda 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar joylarini, 2026 yilga qadar 72 400 o‘rinli 181 ta talabalar turar joylarini barpo etish natijasida talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash darajasi 60 foizdan oshiriladi.

2021 yilning may oyiga qadar O‘zbekistonda 58 ming o‘ringa ega 58 ta yotoqxona mavjud bo‘lib, talabalar turar joylariga ehtiyoj 28 foizga qondirilgan. Bu – jami 149 ming talabadan 58 ming talaba yotoqxona bilan ta’minlanganini anglatadi. 2021/2022 o‘quv yilidan yotoqxonalarda 2 qavatli yotoq o‘rinlar joylashtirish bilan mavjud 58 ming o‘ringa yana 37 mingta o‘rin qo‘shildi

Зилола Ғайбуллаева
Tayyorlagan Зилола Ғайбуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid