Iqtisodiyot | 21:08 / 31.01.2022
34328
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev 44 nafar mahbusni muddatidan avval ozod etdi

Prezident farmoni bilan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 63 nafar shaxs afv etildi.

Foto: Kun.uz

Shavkat Mirziyoyev «Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Qayd etilishicha, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, jazo muddatini o‘tayotgan 63 nafar fuqaro afv etilgan.

Afv etilgan shaxslarning 44 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi. Shuningdek, 19 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi. Afv etilganlarning 2 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar tashkil etadi.

  • 2021 yilda Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami arafasida 140 nafar, Ramazon hayiti munosabati bilan 100 nafar, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida 215 nafar hamda Konstitutsiya kuni arafasida 182 nafar mahkumni afv etgan edi.

Mavzuga oid