Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishni sudga qadar yuritishda elektron hamkorlik tizimi joriy etiladi
Prezidentning “Ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
"Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona axborot tizimida ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyatlarga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning tezkorlik bilan olinishini ta’minlash uchun davlat organlari hamda tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashish yo‘lga qo‘yiladi.
Surishtiruvchi va tergovchilarning qarorlari, topshiriqlari, ko‘rsatmalari hamda boshqa xabarnomalarini tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga elektron hujjat ko‘rinishida yuborish, shuningdek, ularga javoblarni mazkur tarzda qabul qilish mumkin bo‘ladi.
Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralarini ko‘rish va uning samaradorligini oshirish maqsadida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mol-mulkini xatlash, shuningdek, qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchilarga nisbatan cheklov choralarini AKTdan foydalangan holda o‘z vaqtida amalga oshirish choralari ko‘riladi.
Surishtiruv va tergov organlari hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar o‘rtasidagi idoralararo elektron hamkorlik quyidagi talablarga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiriladi:
- mavjud ma’lumotlarning tezkorligi va haqqoniyligini ta’minlash hamda axborot xavfsizligi talablariga javob beruvchi maxsus aloqa kanalidan foydalanish;
- hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish yoki ularning ma’lumotlar bazalarini yagona tergov axborot tizimida takrorlash va muntazam yangilab borish;
- Bosh prokuratura, IIV va hamkorlik qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan elektron hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar talablariga amal qilish.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar surishtiruv yoki tergov organlariga surishtiruvchi yoxud tergovchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanksiyasi bilan elektron hujjat tarzida taqdim etiladi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
09:31 / 21.05.2025